Foto: Open source
Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyatida (Oʻrtasaroyda) «Dok-1 Maks” dori vositasini isteʼmol qilgan 2 yoshli bola vafot etdi», degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda.
Ushbu xabar yuzasidan Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qildi.
“Hozirgi kungacha Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialiga «DOK-1 MAKS siropi” isteʼmoli natijasida zaharlanish belgilari bilan 9 nafar bola olib kelingan. Ulardan 5 nafari sogʻayib, uyiga qaytarildi, 4 nafarining ahvoli esa barqaror holatda, ularga tegishli standartlar asosida muolajalar davom ettirilmoqda.
Shuni qayd etish kerakki, Toshkent viloyatidagi sogʻliqni saqlash muassasalarida shu paytgacha “DOK-1 MAKS” preparatidan zaharlanish tufayli oʻlim holati kuzatilmagan», deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinishicha, hozirda hududlardagi barcha dorixonalarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari va tuman-shahar tibbiyot birlashmalari xodimlari tomonidan oʻrganish olib borilib, “Quramax” kompaniyasi tomonidan sotuvga chiqarilgan dori vositalari yigʻishtirib olingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling