Samarqandda 18 yoshli qizning o'zini osgani bo'yicha ish qayta ko'rib chiqiladi

Avvalroq, bu holatda jinoyat alomatlari yoʻq deb topilgandi. Ishni boshqatdan koʻrish boʻyicha topshiriq berildi.

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Avvalroq, Samarqand viloyatining Urgut tumanida 18 yoshli kelin oʻzini osib qoʻygani haqida xabar bergandik. Urgut tumani prokuraturasi tomonidan oʻtkazilgan tekshirish natijalariga koʻra jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandi.

Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan mazkur qaror nazorat tartibida oʻrganilib, bekor qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Shuningdek, har tomonlama, toʻliq va xolis qoʻshimcha tergov oʻtkazish boʻyicha topshiriq berildi. Qoʻshimcha tergov natijalari keyinroq eʼlon qilinadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling