Oʻzbekistonlik bokschi qizni yutgan raqibi erkak kishi boʻlib chiqdi

Natijada Xelif diskvalifikatsiya qilingan va Navbahor Hamidovaga haqli ravishda bronza medali taqdim etilgan.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Boks boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan jahon chempionatida oʻzbekistonlik bokschi Navbahor Hamidovani yutgan “bokschi ayol” aslida erkak kishi boʻlib chiqdi.

Jazoirlik sportchi Imane Xelifning boks chempionati paytida oʻtkazilgan genetik tekshiruvda erkak kishi ekanligi aniqlangan. U bungacha oʻzbekistonlik sportchini ochkolar boʻyicha yutgan edi.

Natijada Xelif diskvalifikatsiya qilingan va Navbahor Hamidovaga haqli ravishda bronza medali taqdim etilgan.

“Bu yaxshi xabar, adolat qaror topgan. Lekin qiziq tomoni, shu Xelif oʻtgan yilgi JCHda kumush olgan. Xatto olimpiadada ham qatnashgan”, – deb yozadi sport sharhlovchisi Davron Fayziyev.

Sharhlovchi shuningdek, mutasaddilarda nega shu paytgacha genetik tekshiruv oʻtkazish fikri paydo boʻlmaganini aytib taajjubini bildiradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling