Hindiston hukumati "Dok-1 Maks" dori vositasining ishlab chiqaruvchisi — Marion Biotech kompaniyasining litsenziyasini to'xtatdi

Litsenziyaning toʻxtatilib qoʻyilishi Oʻzbekistonda bolalarning “Dok-1 Maks” preparatini qabul qilishi oqibatida vafot etgani bilan bogʻliq

Foto: Reuters<br>

Foto: Reuters

Hindiston Uttar-Pradesh oziq-ovqat xavfsizligi va dori vositalarini boshqarish departamenti “Dok-1 Maks” dorisini ishlab chiqaruvchi Marion Biotech Pvt. Ltd kompaniyasining litsenziyasini toʻxtatdi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, litsenziyaning toʻxtatilib qoʻyilishi Oʻzbekistonda bolalarning “Dok-1 Maks” preparatini qabul qilishi oqibatida vafot etgani bilan bogʻliq.

“Biz Marion Biotech kompaniyasining dori ishlab chiqarish litsenziyasini toʻxtatib qoʻyildi. Kompaniya ishlab chiqarish qoidabuzarliklari sabablari haqidagi soʻrovimizga javob bermadi”, — deydi Uttar-Pradesh oziq-ovqat xavfsizligi va dori vositalarini boshqarish departamenti.

Maʼlum qilinishicha, Marion Biotech asoschilari Noida zavodida har xil turdagi dori-darmonlarni ishlab chiqarish uchun Form 25 va Form 28 litsenziyalariga ega boʻlgan.

Xabarga koʻra, mazkur ikki litsenziya ham keyingi ogohlantirishgacha toʻxtatib qoʻyilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, 30-dekabr kuni Marion Biotech kompaniyasi direktorlariga rasmiy xabarnoma yuborilgan va ularga 5-yanvargacha javob berish buyurilgan. Lekin kompaniya 5-yanvargacha javob bermagan. Shundan soʻng, regulyator litsenziyani toʻxtatib turishni kechiktirgan. Bunga kompaniyaning yoʻtal siropi sinovlari natijalarini kutayotgani sabab boʻlgan.

“Biz qoʻshimcha vaqt berdik, biroq kompaniya javob bermadi va tekshirish chogʻida zavodda aniqlangan qoidabuzarliklarni baholab, ishlab chiqarish litsenziyasini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi”, — deydi rasmiy.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling