Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakatda ikkinchi safarbarlik toʻlqini eʼlon qilinishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Qayd etilishicha, Peskov Telegram kanallarida safarbarlikning ikkinchi toʻlqini toʻgʻrisida tarqalayotgan postlarga jiddiy eʼtibor bermaslikka chaqirgan.
“Telegram kanallarga jiddiy eʼtibor berishning keragi yoʻq. Asosiy manba Rossiya prezidenti rahbarligidagi rasmiy hukumat hisoblanadi. Bunday kanallarni boʻrttirib koʻrsatish shart emas”, — deydi u.
Xabarda qayd etilishicha, Vladimir Putin hozirga qadar “qisman safarbarlik”ning tugagani toʻgʻrisidagi qarorni imzolamagan, shunday ekan, u rasman yakunlanmagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling