O'zbekistonga 2022-yilda deyarli 750 kg narkotik moddalar olib kirishga urinilgan

2022-yilda Bojxona xodimlari tomonidan 844 mlrd soʻmlik tovarlarning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

2022-yilda 749 kg ogʻirlikdagi giyohvandlik vositalari ushlab qolindi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur koʻrsatkich 2021-yilga nisbatan 42 foizga oshgan. Shuningdek, 316 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi dorilar, 5,3 ming dona psixotrop moddalar qonunbuzarlardan olib qoʻyildi.

Qayd etilishicha, bundan tashqari qiymati 14,6 mlrd soʻmlik 38 kg ogʻirlikdan ziyod tilla va boshqa zargarlik buyumlari aniqlandi. Bu koʻrsatkich 2021-yilga nisbatan 5 foizga koʻp.

Shuningdek, bojxona chegaralari orqali 2021-yilga nisbatan 6,7 barobarga koʻp miqdorda, yaʼni 4,5 mln dollarga teng naqd xorijiy valyutalar ushlab qolindi.

Bojxona organlarining tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyishga qaratilgan tezkor chora tadbirlari natijasida 2022-yilda qiymati 19,8 mlrd soʻmlik 1 mln 620 ming quti tamaki mahsulotlari ushlab qolindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling