Foto: Baza
Turkiya mehmonxonalaridan birida Ukrainaning “Minay” va Rossiyaning “Shinnik” futbol klublari oʻyinchilari ommaviy mushtlashdi. Ularning barchasi Antaliyadagi Royal Seginus otelida yashagan.
Toʻqnashuv 13-fevralda boshlangan. Ukrain klubining 4 aʼzosi mehmonxona hovlisida turgan rossiyalik futbolchi yoniga kelgan va undan Ukraina madhiyasini kuylashni talab qilgan. oʻz navbatida rossiyalik koʻchaga chiqishni va “yakkama-yakka gaplashib olish”ni taklif qilgan. ammo oʻsha kuni nizoga mehmonxona xodimlari aralashgan.
Bir qancha vaqtdan keyin oʻyinchilar liftda urushib ketadi. Ammo lift yakunda Rossiya oʻyinchilari turgan qavatga keladi. Shundan keyin ommaviy mushtlashuv boshlanib ketgan. Mehmonxonaga “Tez yordam” va politsiya xodimlarini chaqirishga toʻgʻri keldi. Hozirda politsiya bu yerda doimiy ravishda navbatchilik qilmoqda.
Klublarning rasmiy saytlarida bu haqda hech narsa deyilmagan. Ammo ularning Turkiyada ekanligi tasdiqlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling