Foto; het.uz
Shavkat Mirziyoyev poytaxtning rivojlanish rejalarini belgilashda albatta mavjud va istiqbolli energetika masalalarini hisobga olish zarurligini qayd etdi.
Soʻnggi yillarda poytaxt uchun eng dolzarb boʻlgan uy-joy qurish, mahallalarni obod qilish, yangi korxonalar va ish oʻrinlarini yaratish masalalariga eʼtibor qaratildi. Lekin poytaxtga elektr energiyasi Yunusobod orqali oʻtgan bitta yuqori kuchlanishli tarmoq orqali yetkazib berilmoqda. Mavjud podstansiyalar maʼnan va jismonan eskirgan. Shu bois, endi poytaxt energetika infratuzilmasini yangilash ustuvor vazifa boʻladi.
Shu maqsadda Toshkent shahri elektr taʼminoti tizimini tubdan oʻzgartirish boʻyicha katta dastur qabul qilindi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling