Foto: Telegram
Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari o‘rdak ovlagani haqida xabar tarqaldi. Davlat Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Telegram’dagi “Kompromatuzb” kanalining yozishicha, suratda o‘rtada ekoboshqarma boshlig‘ining 1-o‘rinbosari Jamoliddin Sobirov. Ikki chetda esa tuman boshliqlari Navro‘z Allaberganov va Izzat Qo‘chqorov.
Ekoqo‘mitaga ko‘ra, xodimlarning ov jarayonida aks etgan suratlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Xizmat tekshiruvi natijasi bo‘yicha Tabiat resurslari vazirligi tomonidan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilinadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling