Oʻzbekistonning qator hududlarida shamol tezligi 28 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda

Oʻzgidromet kuchli chang-toʻzonli shamol boʻlishidan ogohlantirdi.

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Joriy yilning 12-aprel kuni Oʻzbekiston hududiga quruq va issiq havo kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 13-14-aprel kunlari respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati +30...+35 darajagacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda +37 darajagacha koʻtariladi.

12-14-aprelda respublika hududi boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi kutilmoqda. 12-14-aprelda Qoraqalpogʻistonda, 13-14-aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarining baʼzi joylarida shamol 25-28 m/s.gacha kuchayishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling