Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumani hududiga qarashli koʻpriklarning birida mashina qulaganligi toʻgʻrisida fotosurat tarqaldi.
Tuman hokimligi Matbuot xizmatining xabar qilishicha, mutasaddilar voqea joyiga borib, holat bilan tanishgan.
Foto: Telegram
Avvalroq, bu kabi voqea sodir boʻlganida hokimlik tomonidan koʻprik chetlariga temir panjaralar oʻrnatilgan edi.
“Endilikda beton qotishmasi bilan chegaralash ishlari olib borilishini, shuningdek, avtomashinada faqat haydovchi boʻlganligi va fuqaroning sogʻ-salomat ekanligini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling