Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babish 29-aprel kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Oliy martabali mehmonni Toshkent-Humo xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ko‘p qirrali O‘zbekiston – Chexiya hamkorligini yana-da rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.
O‘zaro savdoni ko‘paytirish, mashinasozlik, “yashil” energetika, kimyo, farmatsevtika va transport sohalarida kooperatsiyani kengaytirish diqqat markazida bo‘ladi.
Madaniy-gumanitar va taʼlim sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi hamda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashiladi. Ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif doirasida Andrey Babish O‘zbekiston – Chexiya biznes- forumida ham ishtirok etadi.