Toshkent metrosining “yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishidagi poyezdlar harakati bir kunga toʻxtaydi

18-fevral kuni metro temir yoʻllarida texnik ishlarning soʻnggi bosqichi amalga oshiriladi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Toshkent metropoliteni xabariga koʻra, 2023-yil 18-fevral sanasida metro temir yoʻllarida bajarilishi lozim boʻlgan texnik ishlarning soʻnggi bosqichini amalga oshirish maqsadida metropolitenning “yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishida poyezdlar harakati bir kun davomida toʻxtatiladi.

Maʼlumot oʻrnida “yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishi 19-fevral sanasidan doimiy jadval asosida oʻz harakatini davom ettiradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling