Toshkent shahar hokimining ikki oʻrinbosari va ikki tuman hokimi jazolandi

Poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchisi oʻzini ikki oʻrinbosari, Chilonzor va Yunusobod tumani hokimlarini jazoladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligia

Foto: Toshkent shahar hokimligia

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi Baxtiyor Raxmonov jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan hokimlarni jazoladi. Bu boʻyicha shahar hokimi tegishli qaror qabul qilgan.

Unga koʻra,

— Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Shakirov Xotambek Anvarovich;

— Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari — uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Raximdjanov Shoxrux Gʻayrat oʻgʻli;

— Chilonzor tumani hokimi Xolxoʻjayev Saidqahhor Muhammadkarim oʻgʻli;

— Yunusobod tumani hokimi Abduvaliyev Boxadir Abdulxayevich;

— “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK bosh direktori Razzoqov Axad Anvarovichlarga oʻrtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima jazosi

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling