Foto: Darakchi
Barcha taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddati 17-yanvarga qadar uzaytirilgani haqida xabar berilgan edi.
Oliy taʼlim vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2023-yilning 18-yanvariga qadar uzaytirildi.
Shuningdek, 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi. Bundan tashqari, taʼtil uzaytirilishi munosabati bilan avia hamda temir yoʻllarda qoʻshimcha joy (reys)lar ajratiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling