Foto: Sputnik
“Sputnik Kazaxstan”ning xabar berishicha\, Qozogʻistonning Taraz shahrida shifokorlar bolaning oshqozonidan tikuv ignalarini olib tashlashgan.
Aniqlanishicha, 3 yoshli bolaning onasi uni kasalxonaga olib kelgan. Rentgenda uning oshqozonida tikuv ignalari borligi koʻrinib, hammasi boʻlib kichkina bemor 4 ta ignani yutib yuborganligi maʼlum boʻlgan.
Shifokorlar bir necha kun davomida endoskopik asbob-uskunalar yordamida jarrohlik amaliyotisiz ignalarni olib tashlashgan.
“Hozirda bolaning ahvoli yaxshi va uyiga ruxsat berilgan”,- deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling