Foto: Videodan lavha
2-yanvar kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida uchta avtomashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 2-yanvar kuni soat taxminan 23:20 atrofida Sariosiyo tumani “Shabnam” mahallasidan oʻtgan 4H-1583 yoʻlining birinchi kilometrida sodir boʻlgan. Unga koʻra, mahalladan tuman markaziga harakatlanib kelayotgan Nexia transport vositasi oldidagi Spark mashinasi bilan toʻqnashib ketgan.
Mazkur toʻqnashuv natijasida Spark transport vositasi qarama-qarshi tomondan kelayotgan Gentra avtomobiliga borib urilgan. Nexia esa boshqaruvni yoʻqotib, ariqqa tushib ketgan.
Sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasi oqibatadi Nexia haydovchisi olgan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasi boʻlimida vafot etgan.
Maʼlum qilinishicha, hodisa joyi oʻrganilganda yoʻl sunʼiy yoritish chiroqlari bilan jihozlanmagani aniqlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling