O'zbekistonda oilaviy ajrimlar soni ortgani ma'lum qilindi

Ajrashish holatlari eng ko'p Toshkent shahrida qayd etilgan

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Statistika agentligi 2022-yilda Oʻzbekistonda qayd etilgan nikohdan ajralish holatlari haqida maʼlumotini taqdim qildi.

Agentlik keltirayotgan raqamlar oʻtgan yilgisi bilan taqqoslanganda 24 foizga oshgani koʻrinadi.

Yaʼni, 2022-yilda Oʻzbekistonda jami 48 ming 734 ta oila nikohdan rasman ajrashgangan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2021-yilda 39 ming 227 tani tashkil qilgan.

Bu esa 2022-yil uchun har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promillega toʻgʻri kelishini anglatadi.

Hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni eng koʻp – Toshkent shahri –(5 901 ta) hamda Fargʻona (5 445 ta) va Toshkent (5 098 ta) viloyatlarida kuzatilgan.

Shuningdek:

  • Andijon viloyati – 5019 ta;
  • Samarqand viloyati – 4907 ta;
  • Namangan viloyati – 4394 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 3472 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 2810 ta;
  • Buxoro viloyati – 2561 ta;
  • Xorazm viloyati – 2138 ta;
  • Qoraqalpogʻiston R. – 2067 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 1764 ta;
  • Jizzax viloyati – 1728 ta;
  • Navoiy viloyati – 1430 ta.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2022-yilning dekabrida qariyb 4 mingta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgani aytilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling