Kuchli yomg‘irlar “Chorsu” metro bekati faoliyatiga taʼsir ko‘rsatmadi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.
3-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda kuchli yomg‘ir natijasida suv oqimlari “Chorsu” metro bekati tomon oqib kelayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
FVVga ko‘ra, suvning katta qismi irrigatsiya-drenaj tizimi orqali tabiiy ravishda chiqib ketgan.
Suv to‘planishining oldini olish maqsadida poytaxt FVBB kuch va vositalari jalb etildi.
Metro bekati shtat rejimida ishlamoqda, poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.