30 ga yaqin davlatda koronavirusning yangi turi aniqlandi

Ushbu yangi tur maxsus vaksina bilan emlash va infeksiyalarga qarshi himoyani ham chetlab oʻtishga qodir

Foto: Politico<br>

Foto: Politico

Koronavirusning yangi “XBB.1.5” varianti Amerika Qoʻshma Shtatlari va Yevropa mamlakatlarida keng tarqalmoqda. Bu haqda “Politico” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu omikron shtammi variantining kichik turi. Xabarga koʻra, mazkur virusning mazkur varianti 2022-yil oktyabr oyi oxirida Nyu-York va Konnektikutda aniqlangan.

Olib borilgan tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, ushbu yangi tur maxsus vaksina bilan emlash va infeksiyalarga qarshi himoyani ham chetlab oʻtishga qodir. Shuningdek, virusning mazkur turi barcha mavjud antikor terapiyalariga ham chidamli.

Yangi kichik tur butun dunyo boʻylab infeksiyalar toʻlqinini qoʻzgʻatishi mumkin. Hozirgacha “XBB.1.5” virusi bilan kasallangan bemorlar dunyoning 29 ta mamlakatida qayd etilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling