Surxondaryoda Damas, Nexia-3 va avtobus to'qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo'ldi

Nexia-3 haydovchisi mashinani ikkinchi darajali yoʻldan boshqarib kelib, asosiy yoʻldan harakatlanib kelayotgan Damasni oʻtkazib yubormay, u bilan toʻqnashgan

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Surxondaryo viloyati Denov tumanida uchta transport vositasi ishtirokidagi yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea 9-yanvar soat 17:20 larda M-41 Bishkek—Dushanbe—Termiz avtomobil yoʻlining 1487-kilometrida sodir boʻlgan.

Unga koʻra, Nexia-3 haydovchisi mashinani ikkinchi darajali yoʻldan boshqarib kelib, asosiy yoʻldan harakatlanib kelayotgan Damasni oʻtkazib yubormay, u bilan toʻqnashgan.

Toʻqnashuv zarbidan Damas haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan avtobusga urilgan.

YTH oqibatida Damas ichidagi bir nafar yoʻlovchi shifoxonada vafot etgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling