Foto: Yangihayot tumani hokimligi
Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmatining xabariga koʻra, 17-yanvar kuni Yangiihayot tumanidagi "dom"larning biri yonib ketdi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 07:23 da “Chorbogʻ” mahallasi Yoʻldosh-5 dahasi 8-uyda yongʻin kelib chiqqan. Tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan zudlik bilan yongʻin oʻchirilgan.
Yongʻin natijasida, xonadonning 45 kv.m. (jami 340 kv.m.) maydoni saqlab qolingan. Yongʻinning taxminiy sababi hozircha yogʻ qizdirilgani aytilmoqda.
Hodisa natijasida hech kim tan jarohat olmagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling