Foto: Repost.uz
Oʻzgidromet xabariga koʻra, 2023-yil 5–10-yanvar kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik hamda, havo haroratidagi oʻzgarishlar sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” togʻlarida;
Namangan viloyati: Pop tumanida;
Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona tumanlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling