ChatGPT bir kunda 50 ming dollarlik elektr yoqishi aytildi

Barcha foydalanuvchilarning soʻrovlariga ishlov berish uchun NVIDIA A100 grafik protsessorlaridan 30 mingtadan koʻprogʻi kerak boʻladi.

Foto: IThome.com

Foto: IThome.com

Sunʼiy intellekt tizimlarini yaratishda juda muhim oʻrinni oʻquv jarayoni, yaʼni hisob-kitoblar egallaydi. Bu juda koʻplab ishlab chiqarish uskunalari va vaqt talab etiladigan jarayon. Hammayoqda shov-shuv koʻtarishga ulgurgan ChatGPT singari modelni yaratish uchun qancha pul kerak?

Guosheng Securities hisoblashicha, GPT-3 tabiiy tiliga ishlov berish modelini yaratish uchun taxminan 1,4 million dollar kerak. Yanada kattaroq model uchun sarflanajak pullar 2 mln dollardan boshlanadi.

Aynan ChatGPT misolida koʻriladigan boʻlsa, barcha foydalanuvchilarning soʻrovlariga ishlov berish uchun NVIDIA A100 grafik protsessorlaridan 30 mingtadan koʻprogʻi kerak boʻladi. Shuncha qurilmani ishlatish uchun kuniga elektr energiyasining oʻziga 50 ming dollargacha sarflanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling