Toshkentda voyaga yetmagan qizlarga tahdid qilib, uyatli so'zlar bilan so'kkan imom-xatib qamaldi

Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etilib, 3 sutkaga qamalgan

Foto: Uznews

Foto: Uznews

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tumani “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromovning voyaga yetmagan qizlarga tahdid qilgani va uyatsiz soʻzlar bilan haqoratlagani aks etgan audioyozuvlar tarqalgan edi.

Bugun jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudida MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) boʻyicha A.B.ga nisbatan yuritilgan maʼmuriy ish koʻrib chiqildi. Bu haqda xabar bermoqda.

Sud majlisida aniqlanishicha, huquqbuzar 2023-yil 27-yanvar kuni soat taxminan 9:30 larda Shayxontohur tumani hududida joylashgan “Al-Azxar” oʻquv markazi binosida boʻla turib, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat tartibini buzib, M. A. ni soʻkib, mayda bezorilik sodir etgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudining 2023-yil 30-yanvardagi qarori bilan A. B. ga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi bilan 3 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling