Endi ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklari va zinapoyalari haftada 1 marta tozalanishi kerak

Uylarda shovqin darajasi belgilangan sanitariya meʼyorlaridan oshmasligi shart.

Adliya vazirligi Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylar uchun boshqarish organlari tomonidan umumiy texnik pasport yuritiladi.

Boshqarish organlari yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar, kuzatuv kameralari va domofonlar soz holatda saqlanishi, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, inventar va xo‘jalik anjomlarini sotib olish ishlarini amalga oshirishadi.

Ko‘p kvartirali uyning fasad qismlarida va umumiy foydalanish hududlarida mulkdorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan meʼmorchilik detallari, reklamalar, afishalar, va eʼlonlarni o‘rnatish mumkin.

Uylarda shovqin darajasi belgilangan sanitariya meʼyorlaridan oshmasligi shart.

Uylar (zinapoyalar, liftlar, chiqindi kamerasi, chiqindilarni to‘plash moslamalari yerto‘lalari va boshqalar), tutash hududlar zaruratga ko‘ra, boshqarish organi tomonidan deratizatsiyalanishi, dezinseksiya va dezinfeksiyalanadi.

Uylarning yerto‘la qismidagi quvurlarda avariya holati yuzaga kelishi natijasida suv yoki oqova suv to‘planib qolsa boshqarish organi 24 soat mobaynida yerto‘ladagi suv va oqova massalarini chiqarib yuborishi lozim.

Haftada 1 marta ko‘p kvartirali uylarning lift xonalarini tozalanadi hamda lift uskunalari doimiy texnik monitoring qilinadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling