Foto: t.me/poytaxt_uz
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov sobiq shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev tomonidan Yashnobod tumani hokimiga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasini Mehnat kodeksining 183-moddasiga koʻra olib tashladi.
Mehnat kodeksining 183-moddasiga koʻra, intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.
Intizomiy jazoni qoʻllagan ish beruvchi oʻz tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga koʻra jazoni bir yil oʻtmasdan oldin ham olib tashlashga haqli.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling