Saudiya Arabistoni Haj ziyoratiga qo'yilgan koronavirus cheklovlarini bekor qildi

Soʻnggi uch yil ichida COVID-19 tarqalishi sababli Hajga ziyoratchilar soni cheklab qoʻyilgandi

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus pandemiyasi sababli Haj ziyoratiga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Anadolu agentligi maʼlum qildi.

“Ziyoratchilar soni pandemiyagacha boʻlgan darajaga yetadi, yosh boʻyicha cheklovlar qoʻyilmaydi”, — dedi Haj va umra vaziri Taufik ar-Rabia.

Vazirning soʻzlariga koʻra, endi ular Saudiya Arabistonida xizmat koʻrsatish boʻyicha istalgan vakolatli kompaniya bilan shartnoma tuzishlari mumkin.

“Biz hamkorlarimiz bilan birgalikda ziyoratchilarning yetib kelish tartiblarini osonlashtirish uchun NUSK platformasini ishga tushirdik”, — dedi Taufik ar-Rabia.

Saudiya Arabistoni rasmiylari soʻnggi uch yil ichida COVID-19 tarqalishi sababli Hajga ziyoratchilar sonini cheklab qoʻygan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling