Dam olish kunlari Oʻzbekistonda havo harorati +26 daraja iliq boʻladi

Sinoptiklar dam olish kunlari kuzatilishi mumkin boʻlgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Oʻzgidromet xabariga koʻra, bugun Oʻzbekiston hududi boʻyicha quyoshli va juda iliq ob-havo boʻlishi kuzatiladi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatining baʼzi joylarida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi +25...+28 daraja iliq, janubda baʼzi joylarda +30 darajagacha iliq boʻladi.

Shanba va yakshanba kunlari Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va salqin havo masasi kirib kelishi kutilmoqda.

Ertaga Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarining baʼzi joylarida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

Yakshanba kuni respublikaning baʼzi joylarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shimoliy hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi.

Bugun va ertaga respublikaning baʼzi joylarida shamol tezligi soatiga 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +10...+15 daraja iliq atrofida, ertaga kunduzi +21...+26 daraja iliq boʻladi. Yakshanba kuni havo salqinroq boʻladi, havo harorati +13...+18 daraja iliq boʻladi.

10-mart kuni respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi havfi bor.

10-12-mart kuni kutilayotgan yomgʻirlar hisobiga togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxtda: bugun yogʻingarchilik kutilmaydi, ertaga kechga tomon va yakshanba kuni kun davomida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Bugun va ertaga kunduzgi havo harorati +24...+26 daraja iliqni tashkil etadi, yakshanba kuni +17...+19 daraja iliq boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling