Toshkentdagi nomsiz boʻlgan 281ta koʻchaga yangi nom qoʻyildi

Qarorga koʻra, poytaxtga qoʻshib olingan hududlar nomi ham oʻzgartirilgan

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qarori bilan Toshkentda 500dan ortiq koʻchalar va joy nomlari oʻzgardi. Bu boʻyicha tegishli qaror qabul qilingan.

Qaror bilan nomsiz boʻlgan 281ta koʻchaga yangi nom qoʻyildi;

— 20 ta takrorlangan koʻcha nomlari qayta nomlandi;

— 1 ta qonunchilikka zid nom (Lokomotiv liniyasi nomli koʻcha Mehridil deb oʻzgartirilgan) qayta nomlandi;

— Geografik joylashuvi qayta koʻrib chiqilishi natijasida nomi oʻzgargan (Toshkent shahriga qoʻshib olingan) 228ta hududlar qayta nomlandi;

— Geografik joylashuviga aniqlik kiritilayotgan 21ta (Bektemirda 14ta, Sergelida 2ta, Yashnobodda 5ta) hudud oʻz nomini saqlab qoldi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling