Samarqandda shifoxona bosh shifokorining oʻgʻli va kelini ikki hamshirani kaltaklagani aytilmoqda

Janjalda tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan fuqaroga jinoyat ishi ochildi.

Videodan kadr

Videodan kadr

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarmoqlarda Payariq tumani Chelak shifoxonasi xodimlari oʻrtasidagi janjal aks etgan video yuzasidan munosabat bildirdi.

Tarqalgan videolarda shifoxona bosh shifokorining shu yerda ishlovchi oʻgʻli va kelini muassasadagi ikki hamshirani urib, jarohat yetkazgani aytilmoqda. Boshqarmaning maʼlum qilishicha, 2-fevral kuni shifoxonaning rejali xirurgiya boʻlimida xodimlar oʻrtasidagi oʻzaro kelishmovchilik sabab kelib chiqqan.

Holat yuzasidan viloyat SSB ishchi guruhi tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Janjalda tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan A. N.ga nisbatan tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling