Foto: Repost.uz
AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz soligʻini “nol” stavkada qoʻllash muddati 2023-yil 31-dekabrga qadar uzaytirildi. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Prezident qarori bilan joriy etilgan va 2022-yil 10-dekabrdan boshlab amal qilayotgan AI-80 rusumli avtobenzin uchun aksiz soligʻini “nol” stavkada qoʻllashning amal qilish muddati ertaga, 2023-yil 1-mart kuni yakuniga yetishi kerak edi.
Davlat rahbari tomonidan bugun imzolangan qarorga muvofiq, isteʼmolchilarning neft mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish hamda narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy isteʼmolchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz soligʻini “nol” stavkada qoʻllash muddati 2023-yil 31-dekabrga qadar uzaytirildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling