Vladimir Putin Turkmaniston prezidenti bilan energetika sohasidagi hamkorlik to'g'risida muhokama qildi

Tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha Turkmaniston Rossiya, Eron va Qatar bilan birgalikda dunyoning birinchi to‘rtligiga kiradi

Foto: RIA Novosti<br>

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati bergan maʼlumotlarga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ikki davlat rahbarlari energetika sohasidagi amaliy hamkorligini muhokama qilgan.

“Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbarlari Rossiya-Turkmaniston strategik sherikligining erishilgan darajasini yuqori baholagan holda, energetika sohasidagi amaliy hamkorlikning bir qator aniq masalalarini muhokama qildilar”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Rossiya hukumati rahbari Mixail Mishustin 19—20-yanvar kunlari Turkmanistonga tashrif buyurishi maʼlum boʻldi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling