“Energosavdo” yuristkonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi DXX.
Hududiy elektr tarmoqlarining “Energosavdo” filiali Andijon bo‘linmasi yetakchi yuristkonsulti pishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonaga nisbatan rasmiylashtirilgan dalolatnoma bo‘yicha 788,4 mln so‘mlik zararni bekor qilib berishni vaʼda qilgan.
Buning evaziga esa u korxona vakilidan 5 ming dollar talab qilgan. 1-may kuni u so‘ralgan puldan 500 dollarni olgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 4500 dollarni olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda yuristkonsultga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.