Foto: Nasim Mansurov
Davlat statistika qoʻmitasi hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning 2022-yil dekabr oyidagi oʻrtacha narxlarini maʼlum qildi.
Unga koʻra, eng qimmat palov Toshkent shahrida, eng arzon osh esa Namangan viloyatida ekanligi qayd etilgan.
Hududlardagi osh markazida sotilayotgan 1 porsiya palovning oʻrtacha narxi quyidagicha boʻlgan:
Qoraqalpog'iston Respublikasida — 18 300 so'm;
Andijon viloyatida — 20 800 so'm;
Buxoro viloyatida — 21 300 so'm;
Jizzax viloyatida — 22 300 so'm;
Qashqadaryo viloyatida — 20 300 so'm;
Navoiy viloyatida — 19 500 so'm;
Namangan viloyatida — 15 300 so'm;
Samarqand viloyatida — 24 700 so'm;
Surxondaryo viloyatida — 20 000 so'm;
Sirdaryo viloyatida — 21 000 so'm;
Toshkent viloyatida — 21 500 so'm;
Farg'ona viloyatida — 18 300 so'm;
Xorazm viloyatida — 21 400 so'm;
Toshkent shahrida — 26 300 so'm.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling