Foto: UzReport News
Oʻzbekistonda 2023-yil 1-yanvar soat 17:00 holatiga koʻra, mamlakatimizda jami 1312 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Respublikadagi 687 nafar ota-ona oʻgʻil, 625 nafari esa qiz farzandli boʻlgan.
Qayd etilishicha, eng koʻp yaʼni 172 nafar chqaloq Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Shuningdek, hududlar kesimida keyingi oʻrinlarni:
Qashqadaryo viloyati (169 nafar);
Namangan viloyati (137 nafar);
Surxondaryo viloyati (133 nafar);
Samarqand viloyati (121 nafar) egallagan.
Eng kam tugʻilish esa Sirdaryo viloyati (35 nafar) hissasiga toʻgʻri keldi. Eʼtiborlisi, tugʻilganlarning 7 nafari egizakdir. Ayni paytda shifokorlar goʻdaklarning barchasiga belgilangan standartlar boʻyicha sifatli tibbiy xizmat koʻrsatmoqda.
“Eslatib oʻtamiz, yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, 227 ta tugʻuruq kompleksida ham tibbiyot xodimlari, akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatmoqda”, — deyildi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling