Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Oʻzbekistonda bir kunda 2200 dan ortiq chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ulardan 1173 nafari oʻgʻil, 1108 nafari qiz, 27 nafari egizak. Quyida dunyoga kelgan chaqaloqlarning hududlar kesimida tugʻilishlar soni keltirilgan:
- Samarqand viloyati – 259 ta;
- Fargʻona viloyati – 256;
- Qashqadaryo viloyatida – 243 ta;
- Andijon viloyati – 213 ta;
- Namangan viloyati – 212 ta.