Foto: XS.uz
Oʻzbekistonda 2022-yilda onlayn auksionlar orqali 304,1 milliard soʻmlik 118 mingdan ortiq avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Respublika tovar-xomashyo birjasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tuzilgan bitta bitimning oʻrtacha qiymati 2,6 mln soʻmni tashkil qilgan. Shu bilan birga, sotilgan avtomobil raqamlarining 91 foizi jismoniy shaxslar tomonidan, 9 foizi yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan.
Oʻtgan davrda sotilgan avtomobil raqamining minimal qiymati 494,9 ming soʻmni, eng qimmati 348 million soʻmni tashkil etgan.
Hududlar boʻyicha eng koʻp avtomobil raqamlari Toshkent va Toshkent viloyati (31 foiz), Samarqand va Qashqadaryo (har biri 8 foiz), Namangan, Andijon va Surxondaryo (har biri 7 foiz), shuningdek, Xorazm (6 foiz) viloyatlarida xarid qilingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling