O'zbekiston 11 oyda qariyb 2,7 million smartfon import qildi

Koʻrsatkichlar 2021-yilning mos davriga nisbatan 185 mingta smartfonga oshgan

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga xorijdan 181,6 million dollarga 2,7 million dona mobil telefon import qilingan.

Qayd etilishicha, bu koʻrsatkichlar 2021-yilning mos davriga nisbatan 185 mingta smartfonga oshgan.

Oʻzbekiston 11 oy mobaynida mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

Xitoy - 2,1 million;

BAA - 247,5 ming;

Vetnam -199 ming;

Hindiston - 175 ming.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling