Jizzaxda er rashk sabab avval xotinini keyin esa oʻzini pichoqladi

2 nafar voyaga yetmagan farzandning onasi voqea joyida vafot etdi.

Videodan kadr

Videodan kadr

Jizzax viloyati Arnasoy tumanida er rashk sabab xotinini pichoqladi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa 17-mart kuni Arnasoy tumani “Oltin vodiy” mahallasida sodir boʻlgan. Shu mahallada yashovchi 1991-yilda tugʻilgan fuqaro bilan 28 yoshli turmush oʻrtogʻi oʻrtasida rashk sabab janjal kelib chiqqan. Oqibatda, er oshxona pichogʻi bilan dastlab ayoliga, keyin esa oʻziga jarohat yetkazgan.

Hodisa natijasida 2 nafar voyaga yetmagan farzandning onasi voqea joyida vafot etgan. Erkak esa tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling