Videodan kadr
Oʻtgan yilning 2-sentyabr kuni Jizzax viloyatida yashovchi er-xotinning oʻzaro janjallashib qolishi qotillik bilan yakun topdi.
Aniqlanishicha, ayoli bilan janjallashib qolgan er jahl ustida turmush oʻrtogʻini qasddan oʻldirishga kirishgan va farzandlarining koʻz oʻngida ayolni yuvinish xonasiga olib kirib, oʻzi bilan birga olib kelgan oshxona pichogʻi bilan ayolining tanasidagi turli joylariga 25 marotaba sanchib uni vahshiylarcha oʻldirgan.
Oiladagi janjal asosan moddiy tomondan yetishmovchilik sabab kelib chiqqan va oilaviy kelishmovchilik tufayli er ayolini qasddan oʻldirgan.
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishlari boʻyicha Zarbdor tuman sudida sudlanuvchi JKning 97-moddasi 2-qismi “j” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va unga 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling