O’zbekiston bilan birga yozilgan tarix
Yigirma yil davomida EVOS mahalliy bir nuqtadan mamlakatdagi eng yirik tezkor ovqatlanish restoranlari tarmog‘igacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Avlodlar almashdi, ammo bir narsa o‘zgarmadi — mijozlarning yana qaytishiga sabab bo’ladigan o’sha tanish ta’m va yuqori sifat standarti. Bugungi kunda brend raqamli xizmatlarni faol joriy etishda, menyuni faol kengaytirishda, filiallarning zamonaviy formatlarini ochishda va mamlakat bo‘ylab o‘z geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda. Bularning barchasi yurtimizning har bir fuqarosiga yanada yaqinroq bo‘lish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Rahbarga so’z
Uzoq yillik muvaffaqiyat ortida nima turishi va kompaniya kelajakda o’z yo’lini qanday ko’rishi haqida EVOS’ning bosh direktori gapirib berdi:
Ushbu 20 yil davomida EVOS shunchaki restoranlar tarmog’idan ko’proqqa aylandi. Biz mamlakatimiz va mehmonlarimiz bilan birga o’sdik: kimdir bizga birinchi marotaba studentlik davrida keldi, bugun esa o’z farzandlari bilan kelmoqda. Millionlab insonlar kundalik hayotining bir qismi bo’lish biz uchun katta faxr va ma’suliyatdir. Bizning barcha yutuqlarimiz — bu o’z ishi va ishonchi biz uchun muhim bo’lgan mehmonlarimizga har kuni mehr ulashadigan jamoamizning sharofatidir.
Har bir mehmon uchun bayram
20 yosh — bu faqat natijalarni sarhisob qilish uchun sabab emas, balki ushbu yillar davomida biz bilan birga bo’lgan barchaga “rahmat” deyish uchun imkoniyatdir. Tug’ilgan kun munosabati bilan EVOS “20 yil unutilmas ta’m” nomi ostida butun mamlakat bo’ylab yirik bayramona kampaniyani ishga tushirdi. Mehmonlarni tarmoqning barcha 84 ta filiallarida maxsus takliflar, sovg’alar va bayramona tadbirlar kutmoqda.
Yulduzli ambassadorlardan yubiley kombolari
Nishonlash doirasida restoranlar tarmog’i o’z ambassadorlari — afsonaviy qo’shiqchi Tohir Sodiqov va bloger Khusnorik’dan EVOS mehmonlarining ikki avlodini birlashtirib, soni cheklangan eksklyuziv to’plamlarni ishga tushirdi.
Tohir Sodiqovning to’plamlari:
• Tohir Sodiqov kombo 1: to’yimli Macho lavash (mol go’shtining ikki karra porsiyasi), kartoshka fri S va Pepsi (0,3 l).
• Tohir Sodiqov kombo 2: pishloqli lavash L, kartoshka fri S va Pepsi (0,3 l).
• Donar Pita Boks 1: 4 ta tovuqli pita, 4 ta ranch sousi va kartoshka fri M.
• Donar Pita Boks 2: 2 ta mol go’shtli pita, 2 ta tovuqli pita, 2 ta tomatli sous, 2 ta ranch sousi va kartoshka fri M.
• Donar Pita Boks 3: 4 ta mol go’shtli pita, 4 ta tomatli sous va kartoshka fri M.
Khusnorik to’plamlari:
• Xusnorik kombo: tovuqli lavash L, kartoshka fri S va soflantiruvchi qulupnayli moxito.
• Fita-pita boks 1: 2 ta tovuqli pita, 2 ta ranch sousi va kartoshka fri S
• Fita-pita boks 2: 2 ta mol go’shtli pita, 2 ta tomatli sous va kartoshka fri S.
Qayerda tatib ko’rish mumkin
Yubiley kombolari va boshqa bayramona to’plamlar O’zbekiston bo’ylab barcha EVOS restoranlari, shuningdek, rasmiy yetkazib berish xizmati (ilova, Telegram-bot va evos.uz sayti) orqali mavjud.
Sayt: evos.uz
Instagram: @evosuzbekistan