Nigeriyada kema halokati oqibatida kamida 14 kishi halok bo'ldi

Kebbi shtatida 100 ga yaqin fermerni olib ketayotgan qayiq agʻdarilib ketgan

Foto: Open source

Foto: Open source

Nigeriya shimoli-gʻarbida halokatga uchragan kema halokatida kamida 14 kishi halok boʻldi, 6 kishi bedarak yoʻqoldi, deya xabar beradi Xitoyning Sinhua agentligi.

Xitoy matbuotining Nigeriya axborot agentligiga tayanib xabar berishicha, seshanba kuni kechqurun Kebbi shtatida 100 ga yaqin fermerni olib ketayotgan qayiq agʻdarilib ketgan.

Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy juma kuni halok boʻlganlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi va bir necha kundan beri bedarak yoʻqolganlarni qidirayotgan qutqaruvchilarning saʼy-harakatlarini olqishladi.

Davlat rahbari vakolatli muassasalar vakillariga kemalar xizmatini tartibga solishga jiddiy eʼtibor qaratish boʻyicha topshiriqlar berdi. Ayniqsa, qishloq joylarda bu boradagi ishlarni qatʼiy nazoratda tutish zarurligini taʼkidladi.

Nigeriyada fojialar koʻpincha kemalarning haddan tashqari yuklanishi va ularning ekspluatatsiya talablarining buzilishi tufayli sodir boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling