Foto: Repost.uz
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida piyodani urib yuborgan Nexia-3 qochib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.
16-yanvar kuni taxminan soat 22:00 atrofida “Nasaf” MFY hududida joylashgan savdo majmuasi roʻparasida Qarshi shahrida yashovchi fuqaro piyodalar oʻtish yoʻlagidan oʻtayotgan vaqtida nomaʼlum avtomashina uni urib yuborgan.
Soʻnra mashina hodisa sodir boʻlgan joydan ketib qolgan. Oqibatda fuqaro tan jarohati olib shifoxonaga tushgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu yoʻl-transport hodisasini Kasbi tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvida boʻlgan Nexia-3 avtotransport vositasida sodir qilgani aniqlangan.
Hozirda ushbu YTH yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan, tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling