Foto: Sputnik Qozog'iston
Olmaota viloyati Yesik shahrida 18-yanvar kuni novvoyxona gaz portlashi oqibatida vayron boʻldi, ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi jarohatlandi, deb yozmoqda Sputnik Qozogʻiston.
Maʼlum qilinishicha, voqea tunda sodir boʻlgan, novvoyxona omborida gaz balloni portlagan. Tom va devor qulab tushib, yongʻin kelib chiqqan.
"Olmaota viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti xabariga koʻra, Oʻzbekistonning ikki fuqarosi qoʻl va oyoqlarining 2-darajali kuyish jarohatlari bilan voqea joyidan shifoxonaga yetkazilgan", — deyilada nashr maʼlumotida.
Avvalroq Qozogʻistonning Qaragʻanda viloyatida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan mikroavtobus YTHga uchrab, ularning ikki nafari vafot etgani, uch nafari shifoxonaga yotqilizgani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling