Foto: FVV
Avvalroq Nukus shahridagi toʻrt qavatli uyning xonadonlaridan birida gaz-havo aralashmasi oqibatida portlash sodir boʻlgani haqida xabar bergan edik. Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan birining jasadini topgan.
Bugun, 30-yanvar kuni ertalab qutqaruvchilar uy vayronalari ostidan yana toʻrt nafar aholining jasadini topdi. Gaz portlashi qurbonlari soni 5 kishiga yetdi.
Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling