Jinoyat sodir etganlikda ayblanib, 2023-yilda qidiruv eʼlon qilingan 1989-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi AQSHning Nyu-York shahrida aniqlanib, ushlandi.
U Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Gumonlanuvchi belgilangan tartibda O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.