Toshkent shahrida 7-9-may kunlari Tashkent Flowers Fest — 2026 gullar bayrami o‘tkaziladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu bois O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonga tutash hududlarda 2-maydan 11-maygacha transport vositalari harakati cheklanadi.
Bular:
— Zarafshon ko‘chasining "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Mustaqillik shoh ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
— Istiqlol ko‘chasining A.Temur shoh va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
— Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.
Haydovchilarga ko‘rsatilgan davrda muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etildi.