22-aprel kuni Nyu-Yorkda O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Gvineya-Bisauning BMTdagi missiyasi rahbari Samba Sane diplomatik aloqalar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunikeni imzoladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Ikki tomonlama aloqalarning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.
G‘arbiy Afrika davlati bo‘lgan Gvineya-Bisau O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 168-mamlakatga aylandi.