Buxoro shahri qoq markazida 2023-yilda turizm markazi qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, buning uchun shaharning Ibrohim Moʻminov va Mustaqillik koʻchalari oʻqi atrofidagi barcha bino va inshootlar buziladi. Jumladan, katta sport majmuasi ham. Markaz 33 gektar maydonda quriladi. Ushbu maqsadlar uchun Buxoro viloyati budjetidan 2023-yilda 517 milliard soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan. Buxoroliklar 13-yanvar kuni markaz qurilishidan norozi boʻlib, prezidentga murojaat yoʻllagan. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Holat yuzasidan qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Botir Zokirov bunga izoh berdi.
"Markazning loyiha taklifi boʻlgach, jamoatchilikka muhokama uchun qoʻyiladi. Buxoro shahrida aholi uchun alohida taqdimot qilib beriladi. Ayni vaqtda oʻrganish ishlari olib borilmoqda, xolos. Bu degani ertadan buzilish boshlanadi degani emas, hali oxirgi nuqta qoʻyilganicha yoʻq. Bu hozir loyiha taklifi, hali YUNESKO bilan kelishish bosqichi bor.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`lingHozir markaz tushadigan joyda xatlov ishlari olib borilmoqda. Yaʼni tartibga koʻra, u yerda qancha bino bor, kimga tegishli ekani haqida maʼlumot yigʻiladi. Agar markaz oʻrnida joylashgan bino va inshootlar buziladigan yoki boshqa joyga koʻchiriladigan boʻlsa, loyiha tanlovida yutgan tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻrniga oʻrin qurib berish yoki oʻrnatilgan tartibda konpensatsiya toʻlib beriladi. Loyiha va qurilish ishlariga kamida ikki yil vaqt ketadi”, — deydi vazir.